12:07 / 15.03.2024
154

Eron TIV: Kelajak Falastin xalqiga tegishli

Eron TIV: Kelajak Falastin xalqiga tegishli
Foto: IRNA
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kan’oniy G‘azo sektorida besh oydan ortiq davom etgan sionistlar vahshiyliklariga ishora qilib, Isroil har qancha urinmasin, o‘ziga nisbatan tashqi xavfni tobora kuchaytirayotgani, urushdan keyingi kelajak Falastin xalqiga tegishli ekanini ma’lum qildi. Bu haqda IRNA nashri xabar bergan.

Eron rasmiysiga ko‘ra, hozirda G‘azo jinoyat uyasiga aylanib qolgan. Odamlar hech qanday sabablarsiz otib o‘ldirilmoqda. Global tinchlik va xavfsizlikni saqlashga mas’ul bo‘lgan xalqaro tashkilotlar xunrezliklar oldida shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qolmoqda.

Xalqaro standartlarni, insoniy va global tuzilma va qadriyatlarni ochiqdan-ochiq masxara qilgan sionist jinoyatchilar tomonidan xalqlar oyoqosti qilinishiga xalqaro hamjamiyat yana qancha jim guvoh bo‘lmoqchi?” — degan Kan’oniy.

Rasmiyga ko‘ra, G‘azodagi bugungi kuchlar nisbati nisbiy bo‘lishi mumkin. Falastin xalqi va ular qurgan jamiyat vayron etilgan bo‘lsa-da, urushdan keyin bu xalqni yorug‘ va porloq kelajak kutadi.

G‘azo mazlum va yarador bo‘lsa ham, bolalarini ochlikdan o‘lim kutayotgan bo‘lsa ham, o‘zining sabri va buyuk vatanparvarligidan bunyod bo‘ladigan yorug‘ ertangi kunga umidini aslo yo‘qotmaydi”, — degan Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kan’oniy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo