Foto: Sputnik
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi gerbning eng yaxshi eskizi uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Milliy qurultoy yig‘ilishida nutq so‘zlagan To‘qayev Qozog‘iston gerbini tushunish juda qiyinligini, unda eklektizm va sovet davri belgilari borligini ta’kidladi.
“Davlat gerbiga kelsak, Qozog‘iston gerbini tushunish juda qiyin, unda eklektizm va sovet davri belgilari borligi haqidagi mutaxassislar va manfaatdor fuqarolar, jumladan, yoshlarning asosli dalillarini inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Agar umumiy kelishuv bo‘lsa, barcha jihatlarni mohiyatan ko‘rib chiqadigan va jamoatchilik muhokamasini o‘tkazadigan maxsus komissiya tuzish mumkin. Keyin esa yangi davlat gerbining eng yaxshi eskizini yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi”, — dedi u.
Qozog‘iston respublikasining gerbi 1992 yil 4 iyunda tasdiqlangan. Shundan so‘ng u bir necha bor o‘zgartirilgan. Avvalroq Qozog‘istonda “Jana Adamdar” yoshlar harakati mamlakat aholisini yangi gerb haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirgan edi.
“Gerb kompaniya logotipi ham, esdalik nishoni ham, emblema ham emas. Gerb ko‘proq narsani anglatadi. Bu taqdir. Biroq hozirda biz qo‘llayotgan gerb kelajakka yo‘nalishni bildirmaydi, qadriyatlarimiz haqida gapirmaydi. So‘rovda qatnashgan qozog‘istonliklarning 70 foizi uni tanimagan”, — degan edi “Jana Adamdar” yoshlar harakati. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda