22:53 / 15.03.2024
763

CNN: Rossiya bosib olingan hududlardagi ukrain o‘smirlaridan armiya tuzmoqda

CNN: Rossiya bosib olingan hududlardagi ukrain o‘smirlaridan armiya tuzmoqda
Foto: CNN
Rossiya hukumati okkupatsiya qilingan Ukraina sharqidagi mahalliy ukrain o‘smirlarini Rossiya ichkarisiga ko‘chirib, ulardan iborat armiya tuzishga intilmoqda. Bundan maqsad esa ukrainlarni bir-biri bilan urishtirish. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya kuchlari 2022 yilning bahorida Ukrainaning bosib olingan Mariupol shahri va atrof hududlardan ko‘plab ukrain o‘smirlarini Rossiya ichkarisiga ko‘chirgan. O‘smirlarning bir qismi Moskvaga yetkazilib, homiylik ostidagi oilalarga berilgan. Qolganlar Moskva yaqinidagi vatanparvarlik lageriga joylashtirilgan. Bu yerda ukrain bolalari Rossiyaga xayrixoh ruhda qayta tarbiyalanishi maqsad qilingan.

2023 yil davomida Rossiya hududidagi lagerlarda tayyorgarlikdan o‘tgan o‘smirlarning ko‘pchiligiga urushga chaqiruv qog‘ozi kelgan. Ular majburiy tarzda armiyaga safarbar qilingan.

Manbaga ko‘ra, bu harakatlar ruslar tomonidan ukrainlarni bir-birlari bilan urishtirish maqsadida amalga oshirilgan. O‘smirlar orasida harbiy xizmatdan bosh tortish holatlari ham bo‘lib, shunday qilganlar intizomiy jazoga tortilgan.

Ukraina rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yil fevral oyida Moskva mamlakatga keng ko‘lamli bosqin boshlaganidan beri 20 ming nafar bola Rossiyaga majburan olib ketilgan. 2,1 mingdan ortiq bola bedarak yo‘qolgan. Biroq hukumatning aytishicha, haqiqiy raqam bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Rossiya tomoni asirlikka olingan ukrain o‘smirlaridan “Mariupol” batalonini tuzib, Donbassda urushga kiritgani xabar qilingan. Ammo bu xabar rasman tasdiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo