00:30 / 16.03.2024
262

Vladimir Putin: “Kiyevning hujumlari Rossiyadagi saylovlarga xalaqit bera olmaydi”

Vladimir Putin: “Kiyevning hujumlari Rossiyadagi saylovlarga xalaqit bera olmaydi”
Foto: “TASS”
Kiyevning hujumlari Rossiyadagi prezidentlik saylovlariga to‘sqinlik qila olmaydi, aksincha ular xalqni birlashtiradi. Bu haqda 15 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. Prezident nutqi haqida “TASS” nashri batafsil ma’lumot berdi.

Harbiy nuqtayi nazardan ma’nosiz va gumanitar nuqtayi nazardan jinoiyga teng bo‘lgan bu hujumlar, avval ham ta’kidlaganimizdek, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga to‘sqinlik qilishga qaratilgan. Ishonchim komilki, xalqimiz bunga javoban bir-biri bilan yanada mustahkamroq uyushadi. Ular kimni qo‘rqitmoqchi bo‘lishyapti o‘zi? Rus xalqinimi? Ko‘p millatli Rossiyanimi?”.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ruslarni qo‘rqitishga bo‘lgan barcha urinishlar behuda. Mamlakat hech qanday tahdiddan qo‘rqmaydi va o‘z yo‘lida davom etadi.

Avvalroq Ukrainadagi mustaqil batalonlar tomonidan Rossiya hududi o‘qqa tutilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlar qaytarilgani, mamlakat chegaralarida xavfsizlik ta’minlanganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo