00:39 / 18.03.2024
873

Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?

Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovlarda g‘alaba qozonib, yana olti yil boshqaruvda qolishi kutilmoqda. U shu tariqa Iosif Stalin davridan buyon Rossiyani eng uzoq vaqt boshqargan rahbarga aylanadi.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Kreml hukumati uning g‘alabasini ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, Jumladan, tanqidchilarni qamoqqa tashladi, matbuotning ovozini o‘chirdi va Ukrainadagi urush haqidagi har qanday tanqidni yo‘q qilish uchun yangi qonunlar kiritdi.

WSJ Putinning g‘alabasi ko‘lami kattaroq ahamiyatga egaligini ta’kidlamoqda. Tahlilchilar fikricha, Putin shunchaki g‘alaba qozonishni istamaydi, agar u Rossiyaning konservativ pravoslav an’analarini tiklashga, Ukrainaga qarshi urushga va G‘arb bilan kengroq qarama-qarshilikka borishga sodiq qolsa, u shartsiz g‘alaba qozonishi kerak.

“Bu Putinning merosini va uning bosqinchilik urushini qonuniylashtiradi, qolgan muxolifatni yanada marginallashgan rolga tushiradi va Putinga kelgusi olti yil davomida o‘z qarashlarini to‘sqinliksiz amalga oshirish imkonini beradi”, — deydi G‘arb tahlilchilari.

Putin nutqlari va intervyularida o‘zining ba’zi rejalari haqida allaqachon signal yuborgan, jumladan, Ukrainadagi urushni davom ettirish shular sirasiga kiradi.

Kuzatuvchilar Rossiya rahbari tez orada hibsga olishlarning navbatdagi to‘lqinini boshlashi, norozilikni bostirish uchun yangi qonunlar va boylarga solinadigan soliqlarni oshirishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Tahlilchilarning aytishicha, Rossiyaning Ukrainadagi jangovar ustunligini kuchaytirish uchun yangi safarbarlik to‘lqini ham bo‘lishi mumkin.

Putin Rossiya iqtisodiyotini saqlab qolish uchun yanada nozik balansni izlashi kutilmoqda. Tahlilchilar u ruslarning normal hayot kechirishini ta’minlashga e’tibor qaratish, qashshoqlikka qarshi kurash va mamlakatning eski infratuzilmasini tiklash uchun milliardlab dollar sarflashini prognoz qilgan.

O‘z navbatida, Putin Ukrainadagi urushda qatnashgan va faxriylarning yangi elitasini yaratish haqida gapirib, ularni yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, jumladan, o‘quv imkoniyatlarini yaratishga chaqirgandi. Ayni paytda ba’zi tahlilchilar bunday ritorikani “saylov oldidagi quruq va’dalar” deb baholagan. Ularning fikricha, haqiqatan ham Putin jang maydonida ustunlikka erishish uchun zarur bo‘lgan safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini boshlashi mumkin.

“Rossiya rahbari safarbarlikning birinchi to‘lqini kabi yuz minglab rossiyaliklarning yana mamlakatni tark etishining oldini olish yo‘lini topishi kerak bo‘ladi, masalan, chegarani yopish”, — deydi tahlilchilar.

Rossiya prezidenti Yevropadagi boshqa saylovlar qatori AQSHdagi prezidentlik saylovlari natijalarini ham kutayotgan bo‘lishi mumkin.

“Putin qancha kerak bo‘lsa, urushni shuncha davom ettiradi. U vaqt o‘zi tarafda ekanini his qilmoqda”, — deya xulosa qiladi tahlilchilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?