08:13 / 19.03.2024
1 137

Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?

Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet ellik hamkasblaridan Rossiya prezidenti saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan tabriklarni qabul qilishda davom etmoqda. Bu haqda prezident kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Shu vaqtgacha Vladimir Putin O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Shimoliy Koreya, Eron va Xitoy yetakchilaridan tabriklarni qabul qilib oldi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Putinni Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov o‘z tabrigida Vladimir Putinning Rossiya prezidenti saylovidagi g‘alabasini Rossiya xalqi davlat suverenitetini mustahkamlash bo‘yicha oqilona siyosatni qo‘llab-quvvatlashining yaqqol ko‘rsatkichi deb atadi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Aliyev mamlakat taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi prezidentlik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, uni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi va hukumat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasini ajoyib deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti saylovlari Belarusda “hech bir joyda bo‘lmaganidek uyushqoqlik bilan” o‘tkazildi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Vladimir Putinga maktub yo‘llab, uni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi va davlat rahbari lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu maktubda Raisiy ham Moskva va Tehron o‘rtasidagi rivojlanayotgan munosabatlardan mamnunligini bildirib, ularni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlagan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning Rossiyadagi elchixonasi orqali Putinga tabrik yo‘lladi. Xabarda aytilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan Vladimir Putinga tabrik yo‘llagan.

Xitoy rahbari Si Szinpin ham Vladimir Putinga telegramma yo‘llab, uni Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etdi: 15, 16 va 17 mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Slutskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Noviye lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?