21:09 / 19.03.2024
247

Britaniyada turk tilidagi birinchi Qur’on topildi

Britaniyada turk tilidagi birinchi Qur’on topildi
Foto: Altainews.kz
Qozog‘istonlik olimlari qoraxoniylar davriga oid noyob Qur’on nusxasini topdilar. Muqaddas kitob o‘tgan asrdan beri Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Jon Raylands kutubxonasi fondlarida saqlanmoqda. Bu haqda MIR 24 telekanali lavhasida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, qadimiy qo‘lyozma turkiy-islom madaniyati uchun katta ahamiyatga ega. Olimlarning fikricha, bu turk tilidagi birinchi Qur’on bo‘lib, taxminan X-XII asrlarda Isfijobda (hozirgi Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida) tarjima qilingan. Shu davrda qadimgi qoraxoniy qabilalari islom dinini qabul qila boshlagan.

«Biz kitobni skanerlab oldik... Endi dizaynerimiz ishlaydi, sahifalarni bitta kitobga jamlaydi. Shundan so‘ng biz uni to‘liq chop etishimiz mumkin bo‘ladi. Biz kitobdan ayni nusxa olamiz, muqovasini ham teridan qilamiz, qog‘oz va bo‘yoqlarini ham tayyorlaymiz», dedi Qozog‘iston Qo‘lyozmalar va nodir kitoblar milliy markazi direktori Jandos Boldikov.

Qayd qilinishicha, qozoq olimlari Buyuk Britaniyadan 15 ta qadimiy qo‘lyozma va 500 ta arxiv hujjati nusxalarini olishgan. Qo‘lyozmalar va nodir kitoblar milliy markazida ushbu topilmalar ko‘rgazmasi namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo