AQSH Oliy sudi Texas hukumatiga yaqinda qabul qilingan eng qattiq immigratsiya qonunlaridan birini amalga oshirishga ruxsat berdi.
Bu politsiyaga Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.
Oq uy qonunni konstitutsiyaga zid deb atadi.
AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tish allaqachon federal jinoyat hisoblanadi, ammo ishlar odatda fuqarolik qonunchiligiga binoan immigratsiya sudlarida ko‘riladi.
Texasdagi SB4 qonunining shu qadar bahsli bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, sudlar avvalroq alohida shtatlar emas, balki faqat federal hukumat mamlakatning immigratsiya qonunlarini qo‘llashi mumkin, degan qarorga kelgan.
SB4 mahalliy politsiyaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan har qanday odamni to‘xtatish va hibsga olish vakolatini beradi. Jazolar orasida qamoq yoki 2000 dollargacha jarima ham bor.
Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilinganidan keyin Texasga noqonuniy ravishda kirganlar uchun jazolar ancha qattiq bo‘ladi — 20 yilgacha qamoq jazosi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hind kinosi qiroli Shohrux Xon hozirgi kunda qanday koʻrinishda?
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?