Foto: Anadolu
Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli 19 mart kuni Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berish taqiqlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Kanada parlamentida dushanba kuni yuzaga kelgan munozaralardan so‘ng qonunchilar qurol savdosini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni yoqlab ovoz berishlarini ma’lum qilishgan. Hukumat rasmiylari mamlakatning G‘azodagi operatsiyani texnik jihatdan ta’minlashi uchun zarurat va asos yo‘q degan xulosaga kelishgan.
“Bu haqiqatan ham sodir bo‘lmoqda. Dastlabki taklif qurol sotishni to‘xtatib turish haqida edi, ammo bu endilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqqa o‘zgartirilmoqda”, — degan Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
Manbaga ko‘ra, taklifga Kanadaning xalqaro hamkorlari bilan birgalikda Falastin davlatini barpo etishni qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi band ham kiritilgan. Falastin suverenitetini tan olish borasida esa hali hech qanday fikr bildirilmagan.
Qaror loyihasi ovoz berishda qabul qilingandan so‘ng kuchga kiradi. Mamlakat mudofaa vazirligi qaror qabul qilinishi uchun deputatlar ovozi emas, balki tashqi ishlar vazirining xohish-irodasi ko‘proq rol o‘ynashi kerakligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi