Dani Alves 1 mln yevro garov pulini Neymarning otasidan so‘raydi

Barselona sudi sobiq futbolchi Dani Alvesni yakuniy qaror kuchga kirgunga qadar ozodlikka chiqarishga qaror qilgandi. Buning uchun u 1 mln yevroni garovga qo‘yishi kerak.
La Vanguardia bergan ma’lumotga ko‘ra, Alvesning bir necha hisob raqamlari qamoq sabab muzlatilgan, boshqalari esa qarzlar sabab manfiy holatgan kelgan. Alvesning oilasi bu pulni topish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Katta ehtimol Alves 1 mln yevro tovon pulini Neymarning otasidan so‘raydi.
Avvalroq, Neymarning otasi Dani Alves zo‘rlagan jabrlanuvchiga tovon puli sifatida 150 ming yevro to‘lab bergandi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo‘rlaganlikda ayblanib 4 yarim yilga qamalgan, qo‘shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi kerak.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!La Vanguardia bergan ma’lumotga ko‘ra, Alvesning bir necha hisob raqamlari qamoq sabab muzlatilgan, boshqalari esa qarzlar sabab manfiy holatgan kelgan. Alvesning oilasi bu pulni topish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Katta ehtimol Alves 1 mln yevro tovon pulini Neymarning otasidan so‘raydi.
Avvalroq, Neymarning otasi Dani Alves zo‘rlagan jabrlanuvchiga tovon puli sifatida 150 ming yevro to‘lab bergandi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo‘rlaganlikda ayblanib 4 yarim yilga qamalgan, qo‘shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi kerak.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…