08:20 / 22.03.2024
332

Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi

Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Reuters
Rossiya 21 mart kuni Ukraina poytaxti Kiyevga raketa zarbalari berdi, natijada kamida 10 kishi jarohatlandi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari barcha raketalarni tutib olsa-da, turar joy binolari va sanoat obyektlariga zarar yetdi.

Kiyevga zarba so‘nggi haftalarda kuzatilgan eng yirik hujum sanaladi. Shahar ham ballistik, ham qanotli raketalar bilan nishonga olingan.

Foto: Reuters
"44 kunlik tanaffusdan keyin dushman Kiyevga yana raketa hujumini uyushtirdi. Barcha favqulodda xizmatlar joyida ishlamoqda. Raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda", — dedi Kiyev harbiy administratsiyasi rahbari Sergey Popko.

Foto: Kiyev shahar harbiy administratsiyasi
Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, butun shahar bo‘ylab kamida 10 kishi jarohatlangan. Kasalxonaga olib ketilgan ikki kishi orasida 11 yoshli qiz ham bor.

Foto: Kiyev shahar harbiy administratsiyasi
"Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning poytaxtga qaratilgan barcha 31 ta raketasini urib tushirgan", — dedi havo kuchlari qo‘mondoni.
Popkoning aytishicha, rossiyalik harbiylar strategik bombardimonchi samolyotlardan foydalangan. Havo hujumidan ogohlantirish tizimi deyarli uch soat davom etgan.

Foto: Reuters
Klichkoning aytishicha, raketa qoldiqlari bir nechta turar joy binolari, sanoat obyektlari va bolalar bog‘chasiga tushgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi