11:55 / 22.03.2024
355

Rossiya qo‘shinlari Tonenkoye qishlog‘ini ishg‘ol qildi

Rossiya qo‘shinlari Tonenkoye qishlog‘ini ishg‘ol qildi
© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
Rossiya harbiylari Avdeyevka yo‘nalishidagi Tonenkoye qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Avdeyevska yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalarining kelishilgan harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Tonenkoye qishlog‘i ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.

Tonenkoye qishlog‘i Avdeyevka shaharchasining chekkasida, Ukraina qurolli kuchlarining Donbass guruhi ta’minlovchi asosiy yo‘lda joylashgan. Hozir bu yerdagi Ukraina qo‘shinlarining moddiy-texnik ta’minoti sezilarli darajada buzilgan.

UQKning Tonenkoye aholi punktida joylashgan artilleriya bo‘linmalari Donetsk shahri markazini muntazam ravishda o‘qqa tutib kelgan.

So‘nggi oylarda Rossiya armiyasi Avdeyevka yo‘nalishida hujum amaliyotlarini kuchaytirdi. Seshanba kuni harbiy bo‘lim Orlovka qishlog‘i ozod qilingani haqida ma’lum bo‘ldi. U yerda ukrainalik harbiylar yangi mudofaa chizig‘i qurishni rejalashtirayotgan edi.

Kecha tunda Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markazlariga, logistika bazalariga, maxsus operatsiyalar kuchlari va xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi.

Avdeyevka yo‘nalishida harbiy harakatlar natijssida dushman bir sutkada 320 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bir tank, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi va yettita boshqa texnikasini yo‘qotdi.

Donetsk yo‘nalishida 250ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina va yettita avtomobilni yo‘q qilindi.

Kupyansk yo‘nalishida UQKning 40 nafargacha askari, uchta tanki va to‘rtta avtomobili yo‘q qilindi. Xerson yo‘nalishida Kiyev 50 nafargacha harbiy xizmatchi, beshta mashina, M777 artilleriya tizimi va D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.

Janubiy Donetsk yo‘nalishi dushmanning qarshi hujumini ham qaytarildi, ularning 120 ga yaqin askari, bir tankini, uchta zirhli jangovar mashinasini, uchta avtomashinasini va AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar stansiyasini yo‘qotdi. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlari Tonenkoye qishlog‘ini ishg‘ol qildi