Italiyada 4,4 magnitudali zilzila sodir etildi

Kecha Italiyaning Arkuata - del - Tronto shahri yaqinida 4,4 magnitudali yangi zilzila bo‘lganligi qayd etildi, deb tjournal.ru xabar bermoqda.
Uning epitsentri 9 km chuqurlikda joylashdi. Er silkinishi Rimda ham kuzatilganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmoqda. Xabaringiz bo‘lsa, bu shaharda 24 avgust kuni ham er silkinishi kuzatilgandi. O‘shanda 290 kishi halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqin insonlar boshpanasiz qolgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing