10:26 / 23.03.2024
65

Shvetsiya qiroli ABBA guruhini ritsarlik ordenlari bilan taqdirladi

Shvetsiya qiroli ABBA guruhini ritsarlik ordenlari bilan taqdirladi
Foto: Reuters
Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ABBA guruhi a’zolarini Vasa ordeni bilan taqdirladi.

Ta’kidlanishicha, qirol o‘z fuqarolarini taqdirlovchi eng oliy mukofot 1975 yildan beri hech kimga topshirilmagan. ABBA shved va xalqaro musiqa madaniyatiga qo‘shgan hissasi yuksak mukofotga loyiq topildi. Ritsarlik ordenlari mashhur to‘rtlik: Anni-Frid Reyss, Benni Andersson, Byorn Ulveus va Agneta Feltskogga topshirildi.

Mashhur shved guruhiga 1972 yilda asos solingan, esda qolarli nomi guruh a’zolari ismlarining bosh harflaridan olingan. Guruh tomonidan yaratilgan afsonaviy xitlar, yarim asrdirki, butun dunyoda tinglab kelinmoqda. 2021 yil noyabrida ABBA 40 yillik tanaffusdan so‘ng Voyage deb nomlangan albomini taqdim etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya qiroli ABBA guruhini ritsarlik ordenlari bilan taqdirladi