19:09 / 24.03.2024
202

Elvis Presli, Merilin Monro va boshqa Gollivud yulduzlari qanday uylarda yashagan?

Elvis Presli, Merilin Monro va boshqa Gollivud yulduzlari qanday uylarda yashagan?
Gollivudning oltin davri bugungi kungacha muxlislarning qalbini hayajonga soladi. Muxlislar mashhurlarning shaxsiy hayotini kuzatib borishadi va ular kumirlari haqida hamma narsani bilishni xohlaydi. Ular qayerda yashashi va hashamatli villalari qanchaga tushganigacha.

Merilin Monro

Merilin Monro 1952 yilda Gollivud tepaligidagi uyni oyiga 237 dollarga ijaraga oladi. U va Jo DiMajjo bu yerda ko‘p vaqt o‘tkazishadi. Merilinga tegishli bo‘lgan yagona uy Brentvudda joylashgan edi. Aktrisa uni 1962 yilda 75 ming dollarga sotib olgan – bir necha oy o‘tgach, aynan shu uyda o‘lik holda topilgan. 2017 yilda Monroning 91 yoshga to‘lishidan bir kun oldin uy 7,25 million dollarga sotilgan.

Frenk Sinatra

Frenk Sinatraning Palm-Springsda “Twin Palms” nomli ajoyib qasri bo‘lgan. Ko‘chmas mulk 1,9 million dollarga u uchun maxsus loyihalashtirilgan. Sinatra tez-tez tomiga Jek Daniels bayrog‘ini osib qo‘ygan va shu bilan do‘stlarini navbatdagi ziyofatga taklif qilgan.

Elvis Presli

1957 yilda 22 yoshli qo‘shiqchi Tennessi shtatidagi Greyslend saroyini bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra 924 ming dollarga sotib oladi. Uyning ichi ham, tashqarisi ham ajoyib tarzda qurilgan. Bugungi kunda bu Qo‘shma Shtatlardagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan uy bo‘lib, har yili uni ko‘rish uchun 500 mingdan ortiq odam keladi.


Klark Geybl

Aktyor 1939 yilda rafiqasi Kerol Lombard bilan birga Ensino shahridan bir vaqtlar Mikki Runiga tegishli bo‘lgan uyni sotib oladi. Xarid juftlikka 50 000 dollarga tushadi. Er-xotin uch yil davomida mazkur uyda baxtli yashaydi, ammo Kerol 1942 yilda vafot etadi. 1977 yilda moliyachi Maykl Milk uyni 587 500 dollarga sotib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Elvis Presli, Merilin Monro va boshqa Gollivud yulduzlari qanday uylarda yashagan?