22:27 / 25.03.2024
228

Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”

Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Foto: “TASS”
Rossiya inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova xalqaro hamjamiyatni Moskva yaqinidagi Crocus City Hall majmuasida uyushtirilgan terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Bugun butun dunyo hamjamiyatining birlashishi, terakt tashkilotchilarini topish va ularni to‘liq javobgarlikka tortish yo‘lidagi sa’y-harakatlari juda muhim”, — degan Moskalkova.

Rossiya ombudsmani, shuningdek, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Dahshatli, qonli terakt”dan jabr ko‘rganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan. Voqeadan jabr ko‘rganlar hukumat e’tiboridan chetda qolmasligini ma’lum qilgan.

Inson huquqlari komissari, shuningdek, qanchalik mudhish jinoyat sodir etmasin, hujum ishtirokchilari ham inson sifatidagi huquqlaridan foydalana olishlari kerakligini ma’lum qilgan. Tergov jarayonida mahbuslarga kuch ishlatishdan tiyilishga undagan.

Ma’lumot o‘rnida, 22 mart kuni kechki payt Moskva yaqinidagi Crocus City Hall majmuasida terakt sodir etilgan edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda halok bo‘lganlar soni 137 kishini tashkil etadi. Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi 182 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishi, jumladan, Moskva janubi-g‘arbidagi Bryansk viloyatida Ukraina chegarasini kesib o‘tib, boshpana izlashga uringan to‘rt nafar qurolli shaxs qo‘lga olingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Crocus City Hall'ga hujum ortida turganlarning barchasini aniqlash va jazolashga va’da bergan va 24 martni qurbonlar uchun milliy motam kuni deb e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”