
Foto: PassBlue
Moskva G‘arb bilan kelishishga tayyor, lekin bu kelishuv haqqoniy bo‘lishi va Rossiya Federatsiyasining qonuniy manfaatlarini kafolatlashi kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “TASS” nashriga ma’lum qildi.
Oldinroq prezident Vladimir Putin jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya allaqachon G‘arbga ishonishni to‘xtatgani haqida xulosa bergan edi. Sergey Lavrov esa ushbu bayonot diplomatik aloqalar muzlaganiga ishora qilmasligini bildirib o‘tgan.
“Biz bo‘lib o‘tgan hamma ishga qaramay, baribir gaplashishga tayyormiz, lekin shaffof tarzda, aldamasdan, hukmron voqelik va o‘zimiz shakllantirgan qonuniy manfaatlarimizni to‘liq hisobga olgan holda”, — degan Rossiya tashqi idorasi rasmiysi.
Avvalroq Lavrov Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida bundan buyon avvalgi formatdagi munosabatlar bo‘lmasligini, Moskva xalqaro hujjatlarni imzolashda G‘arbning unga nisbatan uyushtiradigan tuzoqlariga yo‘l bermasligini ta’kidlagan edi. Ushbu bayonot amalda ixtilofning ikki tomoni o‘rtasidagi kelishuv ehtimolini puchga chiqarib qo‘ygan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar