380
Putin: "Teraktni radikal islomchilar amalga oshirganini bilamiz. Bizni buyurtmachi kimligi qiziqtirmoqda"
Foto: Google Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Crocus City Hall'dagi teraktdan keyin ko‘rilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videokonferensiya ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda u teraktni radikal Islom guruhi a’zolari sodir etganini aytib o‘tdi.
“Biz terakt radikal islomchilar tomonidan amalga oshirilganini bilamiz. Bizni buyurtmachi kimligi qiziqtirmoqda.
Terror hujumi faqat 2014 yildan beri Kiyev rejimi orqali bizga qarshi kurashayotganlar uchun vosita bo‘lishi mumkin. Natsistlar eng iflos usullarni qo‘llashdan hech qachon tap tortmaydilar. Ayniqsa, hozir ularning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda. Maqsad — Kiyev rejimi uchun hamma narsa boy berilmaganligini ko‘rsatish. Biz G‘arb kuratorlariga taqlid qilib, oxirgi ukrainalikkacha kurashishimiz kerak.
Terakt bo‘yicha tergov xolis o‘tishi kerak. AQSH turli kanallar orqali Crocus'dagi qonli teraktda go‘yoki Kiyevning qo‘li yo‘q, bu ISHID tomonidan amalga oshirilganiga hammani ishontirishga harakat qilmoqda.
Biz terrorchilar jinoyat sodir etganidan keyin nima uchun Ukrainaga borishga uringani va u yerda ularni kim kutayotgani haqidagi savolga javob topishimiz kerak.
Rossiya jamiyati terakt fonida haqiqiy hamjihatlik va birdamlikni namoyon etdi", — dedi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”