1 313
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Foto: “Vesti.az”
Rossiyalik tergovchilar 26 mart kuni Crocus'dagi teraktda ayblanayotgan to‘rt kishining oila a’zolarini so‘roq qilish uchun Tojikistonga yetib keldi. Bu haqda Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi uch manba Reuters'ga xabar berdi.
Ochiq izoh berishga vakolati bo‘lmagan manbalarning aytishicha, Tojikiston xavfsizlik kuchlari Vaxdat, Hisor shaharlari hamda Rudakiy viloyatidan teraktga ayblanayotgan oilalarni Dushanbega olib kelgan.
Manbalarga ko‘ra, Crocus City Hall'dagi terakt bo‘yicha tergov va tergov harakatlarining kechishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning “shaxsiy nazorati” ostida.
25 mart kuni Tojikiston prezidenti hujumni “sharmandali va dahshatli voqea” deb atadi hamda ota-onalarni farzandlari tarbiyasiga jiddiyroq e’tibor qaratishga chaqirdi.
Crocus City Hall'dagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 139 kishi halok bo‘lgan, 182 kishi jarohatlangan. Hujumni sodir etishda Tojikistonning to‘rt nafar fuqarosi ayblangan, ular aybiga iqror bo‘lgan.
Mazkur holatdan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan munosabat o‘zgargan. Jumladan, aeroportda qirg‘izistonliklar ushlab turilgani, haydovchilarning millati surishtirilayotgani va ish beruvchilardan migrantlar haqida ma’lumot taqdim etish talab qilinayotgani aytilmoqda. O‘z navbatida, Rossiyaga kirish va chiqishni tekshirish jarayoni kuchaygan. Holat yuzasidan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziriligi zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”