19:37 / 26.03.2024
550

Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi

Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi
Foto: AP Photo
Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi. “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” partiyasi raisi Sergey Mironov tegishli taklifni ilgari surdi.

Mironovning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimining joriy etilishi nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlashga, balki “Rossiya va janubiy qo‘shnilari o‘rtasidagi chinakam manfaatli hamkorlikka” ham xizmat qiladi.

"Fraksiya migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni taklif qilmoqda, biroq biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishdan boshlashimiz kerak. Busiz chegarada tartib bo‘lmaydi, hozirda bu migratsiyani tartibga solish va terroristik hujumlarga qarshi turish uchun juda muhimdir!" — ta’kidladi Sergey Mironov.

Shuningdek, u vizasiz rejimning bekor qilinishini hech qanday holatda qo‘shnilarga nisbatan nodo‘stona ishora sifatida qaramaslik kerakligini aytib, bu ularning tushunishiga bog‘liqligini ta’kidladi.

"Rossiya keskin harbiy qarama-qarshilikka tortilganini hamma ko‘rib turibdi. Dushmanlarimiz chegaralarning ochiqligidan foydalanib, qo‘shni davlatlardan mamlakatimizga qarshi qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlashda tramplin sifatida foydalanmoqda.

Albatta, bu hududida terrorchilar va turli ekstremistik unsurlar to‘planib qolgan qo‘shnilarimizga ham tahdid solmoqda. Shu bois vizasiz rejimning bekor qilinishi butun Yevrosiyo makonida xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qadamdir
", — deya xulosa qildi Mironov.

Crocus City Hall'dagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 137 kishi halok bo‘lgan, 182 kishi jarohatlangan. Hujumni sodir etishda Tojikistonning to‘rt nafar fuqarosi ayblangan, ular aybiga iqror bo‘lgan.

Mazkur holatdan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan munosabat o‘zgargan. Jumladan, aeroportda qirg‘izistonliklar ushlab turilgani, haydovchilarning millati surishtirilayotgani va ish beruvchilardan migrantlar haqida ma’lumot taqdim etish talab qilinayotgani aytilmoqda. O‘z navbatida, Rossiyaga kirish va chiqishni tekshirish jarayoni kuchaygan. Holat yuzasidan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziriligi zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi