Rossiyada sunʼiy intellektli oʻyinchoqlar uchun ilk standart joriy etildi

1 daqiqa o'qish111
Rossiyada sunʼiy intellektli oʻyinchoqlar uchun ilk standart joriy etildi

Rosstandart sunʼiy intellekt texnologiyalariga ega oʻyinchoqlar uchun dunyoda oʻxshashi boʻlmagan ilk milliy standartni (GOST R) tasdiqladi. Mazkur hujjat ushbu toifadagi tovarlar uchun xavfsizlik qoidalarini tizimlashtirib, “elektron oʻyinchoq” tushunchasidan “intellektual oʻyin muhiti” tushunchasiga oʻtishni belgilab beradi. Endilikda xavfsizlik nafaqat jismoniy parametrlar, balki algoritmlarning ishlashi va maʼlumotlarga ishlov berish jarayonlari bilan ham oʻlchanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi standart 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan mahsulotlarga, jumladan, nutqni taniydigan interaktiv qoʻgʻirchoqlardan tortib, aqlli oʻyin konsollarigacha boʻlgan keng turdagi buyumlarga amal qiladi. Biroq, ushbu qoidalar oddiy dasturiy taʼminotlar, tibbiy qurilmalar va mohiyatan oʻyinchoq hisoblanmaydigan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hujjatda shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Standartga koʻra, maʼlumotlarni yigʻishni minimallashtirish, ota-onalarning roziligini olish, maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berishni cheklash va ularning xavfsiz saqlanishini taʼminlash majburiy etib belgilandi. Bu ishlab chiqaruvchilar uchun masʼuliyatli loyihalash boʻyicha yoʻriqnoma boʻlib xizmat qiladi.

Bolalar tovarlari sanoati korxonalari assotsiatsiyasi prezidenti Antonina Sisulinaning taʼkidlashicha, agar oʻyinchoq bolaning nutqini tanib, unga javob qaytarsa va oʻyin ssenariylarini eslab qolsa, unga oddiy elektron buyum sifatida qarash mumkin emas. Texnologik oʻyinchoq nazoratsiz raqamli servisga aylanib qolmasligi, balki xavfsiz muhit boʻlib qolishi shart.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?