date
views 363

Vengriyada yirik mojaro: Orban korrupsiyada, muxolifatchi oilaviy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Vengriyada yirik mojaro: Orban korrupsiyada, muxolifatchi oilaviy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Peter Madyar. Foto: hotnews.ro
26 mart seshanba kuni vengriyalik muxolifatchi Peter Madyar sobiq adliya vaziri Yudit Varga ovozi tushirilgan yozuvni ochiqladi, unda mulozim mamlakatdagi korrupsiyani yashirish uchun til biriktirganini tasdiqlagan. Audiofayl Budapesht prokuraturasiga topshirilgan.

Audioyozuvda qayd etilishicha, hukumat a’zolari prokurorlar orqali sud bayonnomalaridan korrupsion biznes operatsiyalarda o‘zlarining ishtiroki to‘g‘risidagi dalillarni yo‘q qilishgan, deb yozadi Associated Press.

Biroq, sobiq adliya vaziri Yudit Varga korrupsiyani yashirish faktini rad etmoqda. U Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bu bayonotni o‘sha paytda turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Peter Madyar talabiga ko‘ra aytganini ta’kidlagan. U sobiq erini oilaviy zo‘ravonlik va manipulyatsiya qilishda ayblagan.

«Men tezroq undan qutilish uchun u eshitishni istagan narsani so‘zlashga majbur bo‘lganman. Bunday vaziyatda har qanday qo‘rquv ostida inson o‘zi istamagan narsalarni gapirishga majbur bo‘ladi», — deb yozgan Varga.

Yudit Varga. Foto: mandiner.hu
Keyinroq Peter Madyar o‘zining sobiq rafiqasining ayblovlarini rad etgan.

Qayd etib o‘tish kerakki, muxolifatchi fevral oyida YouTube'dagi Partizan kanaliga intervyu berganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. O‘shanda u Orban hukumati muxolifatdagilarga nisbatan informatsion tuhmat kampaniyalaridan foydalanayotganini gapirib bergan edi. Yaqinda Peter Madyar amaldagi hukumatga raqobatchi bo‘luvchi o‘z partiyasini tuzishni e’lon qildi.

Yudit Varga Vengriya adliya vaziri bo‘lib ishlagan, biroq davlat mehribonlik uyida bolalar ustidan zo‘arovonlikni yashirgan insonning afv qilinishi ortidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.

Katalin Novak. Foto: magyarnemzet.hu
Bu insonni amnistiya qilishni sobiq prezident Katalin Novak ham imzolagan. U ham iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vengriyada yirik mojaro: Orban korrupsiyada, muxolifatchi oilaviy zo‘ravonlikda ayblanmoqda