date
views 260

Fermerlar Yevrokomissiya binosiga go‘ng sepishdi

Fermerlar Yevrokomissiya binosiga go‘ng sepishdi
Yevropada fermerlarning norozilik aksiyalari davom etmoqda. 26 mart kuni Yevropa dehqonlari yana Bryusseldagi Yevropa kvartalida norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Yuzlab traktorlar kvartalni to‘sib qo‘ydi. Fermerlar namoyishni tinchitishga safarbar qilingan politsiyaga lavlagi otishdi, Yevrokommisiya binolariga esa go‘ng sepishdi.

Politsiya bunga javoban ko‘zdan yosh chiqaradigan gaz va suvsepar mashinadan foydalandi. Bu Belgiyadagi yil boshidan buyon o‘tkazilayotgan uchinchi yirik namoyish bo‘ldi.

Yevropa fermerlari Ukrainadan bojsiz kirib kelayotgan oziq-ovqat muhsalotlari bozordagi narxni tushirib yuborayotganidan norozi. Shuningdek, ular Yevropa Ittifoqi davlatlari fermerlar uchun ko‘plab imtiyozlarni bekor qilishini istamayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fermerlar Yevrokomissiya binosiga go‘ng sepishdi