O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
«Ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.
O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar «Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi» sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilayotgani aytilyapti.
Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54 ta nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qo‘yilganlarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, ayrim vatandoshlar Bosh konsulxonaga Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qo‘pol muomalasidan ham shikoyat qilishgan.
«Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va e’tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
O‘z o‘rnida, O‘zbekiston fuqarolaridan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etish, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini diplomatik vakolatxonalardan bilish so‘ralmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi