«Krokus Siti Xoll»dagi terakt jabrlanuvchilaridan biri halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, marhumning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan. Murashkoning ta’kidlashicha, yana to‘rt nafar bemor shu ahvolda shifoxonalarda qolmoqda, 19 kishining ahvoli og‘ir.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan halok bo‘lganlar ro‘yxatida 120 kishi bor, biroq Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin 139 kishi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. Shunday qilib, so‘nggi vafot etgan shaxs bilan birga ularning soni 140 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni bir guruh qurollangan shaxslar «Krokus Siti Xoll»da konsertga tushrif buyuruvchilarga hujum qilishdi, keyinroq binoda portlashlar sodir bo‘ldi va yong‘in boshlandi. Biroz vaqt o‘tgach, konsert zali tomi qulab tushdi.
Ertasi kuni gumondorlar Bryansk viloyatida qo‘lga olindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 martni Rossiyada motam kuni deb e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»