Ispaniyalik olimlar inson tanasining qarishining yangi sababini aniqladilar, bu amiotrofik lateral skleroz (ALS) rivojlanishi bilan ham bog‘liq.
Ispaniya Milliy Saraton tadqiqotlari markazi markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi va mushaklarning falaji orqali kuzatiladigan bu kasallik inson tanasi hujayralarida keraksiz oqsillarning to‘planishi natijasida yuzaga keladi, degan xulosaga keldi.
Bu oqsillar, olimlarning fikriga ko‘ra, boshqa hujayralarning normal ishlashiga imkon bermaydi va ribosomalar - aminokislotalardan oqsillarni sintez qilish uchun mas’ul bo‘lgan hujayrali organlarning shakllanishi jarayoni ham buziladi. Shu munosabat bilan odamlarda kasallik rivojlanadi, deydi tadqiqotchilar. Ribosomopatiya kasalligi xuddi shu prinsip bo‘yicha sodir bo‘ladi.
Olimlarning fikricha, ALS va organizmning qarishi sabablari hujayra yadrosida yotadi. Tegishli tadqiqot Molecular Cell jurnalida chop etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar