665
Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda
Foto: Valeriy Sharifulin, TASS / kremlin.ru
Lavozim almashinuvlari Rossiya maxsus xizmatlarini ham chetlab o‘tmaydi, deb yozadi Bloomberg Rossiya hokimiyatiga yaqin manbalariga asoslanib. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mansabdorlar AQSH tomonidan kelgan bo‘lajak hujumga tegishli tarzda munosabat bildira olmagani uchun o‘z kursilaridan ayrilishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev va Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov ishdan bo‘shatilishi mumkin. Kreml tomonidan e’lon qilingan videoda ular prezident tomonidan terakt oqibatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor majlisida ishtirok etganini ko‘rish mumkin. Biroq videoda ularning chiqishlari yo‘q.
V.Putin raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishidan skrinshot.
Bloomberg manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Kremldagilar federal budjetdan trillionlab moliyalashtirilayotgani, fuqarolar ortidan kuzatuv uchun misli ko‘rilmagan vakolatlar taqdim etilganiga qaramasdan so‘nggi yigirma yil ichida Rossiyada sodir etilgan eng qonli teraktning oldi olinmaganidan shokka tushishgan.
«Crocus City Hall» binosining o‘zida «Pavshino» politsiya bo‘linmasi joylashgan bo‘lib, terrorchilar hujumi chog‘ida politsiya xodimlari odamlarga yordam berish uchun kelishmagan. Gap kichik politsiya tayanch punkti haqida ketmayapti, bu yerda pasport stoli, qurol-yarog‘ xonasiga ega, zarur aslahalar bilan ta’minlangan va butun Pavshino hududini patrul qiladigan yirik bo‘lim bor. «Bu sharmandalik, — degan manbalardan biri. — Agar bu politsiyachilar guruhi odamlarga yordamga kelganida, shak-shubhasiz ularni qutqargan bo‘lishardi. Politsiya xodimlari shunchaki qo‘rqoqlik qilishgan».
Rosgvardiyaning maxsus bo‘linmalari — SOBR va OMON yonayotgan konsert zaliga terrorchilar hujumidan bir soat o‘tib yetib kelishgan. Qurolsiz odamlarga hujum esa bor-yo‘g‘i 18 daqiqa davom etgan va shundan so‘ng terrorchilar mashinasiga o‘tirib, voqea joyidan jo‘nab ketgan.
Vladimir Putinning o‘zi fuqarolarga murojaatnomasida kuchishlatar tuzilmalarning ishi barbod bo‘lganini tan olmasdan, terrorchilar Ukraina bilan bog‘liq ekani, ta’qibdan qochayotgan jinoyatchilarga chegarada «darcha» tashkil qilinganini ta’kidlagan. Keyinroq Putinning talqinini FXX direktori Aleksandr Bortnikov va Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ham takrorlashgan.
Biroq, Kremlda va Rossiya elitasida «Ukrainaning qo‘li» borligiga hech kim ishonmayapti, deyishmoqda Bloomberg manbalari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Putinning o‘zi ham Kiyevning aralashganiga isbot yo‘qligini biladi: manba mulozimlar shunday to‘xtamga kelgan munozaralarda shaxsan ishtirok etgan. Lekin shunga qaramasdan, Vladimir Putin bu fojiadan rossiyaliklarni Ukrainadagi urush atrofida yanada jipslashtirish uchun foydalanishga urinmoqda, degan Bloomberg hamsuhbatlaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi