13:31 / 28.03.2024
1 334

Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?

Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Foto: WDay
Mahra bintu Muhammad ibn Rashid al-Maktum Dubay qirollik oilasining a’zosi bo‘lib, shayxa o‘zining xayriya ishlari, ot minish mahorati va ijtimoiy faolligi bilan boshqa shayxalardan ajralib turadi. U Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori Shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizidir. Uning onasi Zoya Grigorakos asli gretsiyalik bo‘lgani uchun Mahra xonim arab va grek millatiga mansub.

Shayxa Mahra boshlang‘ich ta’limni Dubay xususiy maktabida olgan. So‘ng Britaniya universitetining xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha oliy ta’limni tugatgan. Shuningdek, u Muhammad ibn Rashid hukumat ma’muriyatida tahsil olgan. Hozirda shayxa Mahra Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish va yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Foto: WDay
Dubay shayxining qizi ko‘makka muhtoj mahalliy aholiga o‘z yordamini ayamaydi, xayriya ishlarida faol ishtirok etadi va bolalar kasalxonalarida ularga ruhan ko‘tarinki kayfiyat berish uchun ko‘p vaqtini u yerda o‘tkazadi.

Foto: Elika
Shayxa Mahra moda olamida ham o‘ziga xos o‘ringa ega. U mahalliy dizaynerlar ijodini hurmat qiladi hamda tez-tez moda shou va ko‘rgazmalarida ishtirok etadi.

Foto: WDay
Mahra xonim Dubay dizaynerlari va brendlarini doim qo‘llab-quvvatlaydi. Ommaviy tadbirlarga aynan mahalliy brendlarga tegishli liboslarda tashrif buyuradi.

Foto: WDay
Shayxa Mahra jonivorlarni yaxshi ko‘radi va ot minish sporti bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish fondlariga doimiy moddiy yordam berib boradi.

2023 yil yozda Mahra xonim shayx Mana ibn Muhammad al-Maktumga turmushga chiqdi. Ularning dabdabali to‘yiga Birlashgan Arab Amirliklarining barcha oliy martabali mehmonlari taklif etildi.

Foto: WDay
Bejirim va murakkab dizaynga ega kelin libosi Ezra Couture nomli Dubay liboslar brendi tomonidan yaratilgan.

Foto: WDay
2023 yil oktyabr oyida shayxa Mahra farzand kutayotgani haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Keyinchalik u obunachilarga qiz farzand kutayotgani va hayajonli davrni boshdan kechirayotgani haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?