Afg‘oniston hukumati ISHIDning bo‘limi bo‘lmish «Viloyat Xuroson» jangarilariga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari Suhayl Shaxin ma’lum qildi.
«Biz o‘z vazifamizni bajaryapmiz va qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz ular bilan kurashyapmiz va Afg‘onistonda bizga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deb va’da bergan «Tolibon» vakili.
22 mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da terakt sodir bo‘ldi. Konsert zaliga to‘rt nafar qurolli kishi kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan. Shundan so‘ng ular binoga o‘t qo‘yib, mashinada qochishga uringan, biroq Bryansk viloyatida qo‘lga olingandi.
Fojiadan bir kun o‘tib Afg‘onistonda joylashgan «Viloyat Xuroson» guruhi hujumga aloqadorligini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda