Foto: AFP/Getty Images
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatiga aloqador yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Tergovchilarga ko‘ra, u «terrorizmni moliyalashtirish sxemasida» ishtirok etgan. Tergov qo‘mitasi suddan uni hibsga olishni so‘raydi. Xabarda gumonlanuvchining shaxsiga oydinlik kiritilmagan.
Hozirgi vaqtda 8 nafar gumonlanuvchining shaxsi ma’lum. Ulardan 4 nafari bevosita konsert zalida odamlarga o‘q uzgan: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muxammadsobir Fayzov.
3 nafari terrorchilar foydalangan «Reno» avtomobili bilan bog‘liq: Dilovar Islomov avtomobilning oxirgi egasi bo‘lgan, uning akasi Aminjon Islomov va otasi Isroil Islomov.
Shuningdek, Alisher Qosimov, tergov versiyasiga ko‘ra, o‘z kvartirasini terrorchilarga ijaraga bergan.
Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «Krokus»dagi terakt ijrochilari Ukrainadan mablag‘ va kriptovalyuta olgan.
«Qo‘lga olingan terrorchilar bilan ishlash, ulardan qo‘lga olingan texnik vositalarni o‘rganish va moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida ularning ukrainalik millatchilar bilan aloqasi borligiga oid dalillar olindi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin