date
views 409

Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda

Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda
Foto: Hi-Tech Mail.
Qutb muzliklarining erishi Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligini o‘zgartirishni boshlagan, natijada global vaqt ham o‘zgarmoqda. Bu borada tadqiqot olib borgan kaliforniyalik olimlarning xulosalari Nature jurnalida e’lon qilindi.

«Grenlandiya va Antarktida muzliklarining shitob bilan erishi, sun’iy yo‘ldoshlardagi gravimetriya vositasida o‘lchanganida, Yerning burchak tezligi (aylanishi) oldingiga nisbatan qisqaroq vaqtga pasayishiga olib kelgan», — deyiladi maqolada. Ya’ni oddiy tilda aytganda, Yerning aylanishi tezlashgan.

Olimlar bu holat kompyuter tizimlarining sinxronlashuvi uchun favqulodda muammolarni tug‘diradi, degan xavotirdalar.

«UTC (butunjahon vaqti)ga rejalashtirilganidan avvalroq o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Global isish global vaqtni hisoblashga ta’sir ko‘rsatishni boshlagan», — Nature.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda