
Tojikistonda «Krokus» binosiga uyushtirilgan hujum ishtirokchilari bilan aloqadorlikda gumon qilinib, kamida to‘qqiz kishi hibsga olindi. Bu haqda Tojikiston maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlarning barchasi Vaxdat shahri aholisidir, ular Dushanbega olib ketilgan. Ular ISHID guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
143 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan «Krokus»ga qilingan hujumda qo‘lga olinganlarning yetti nafari Tojikiston fuqarolaridir. Sakkizinchisi esa asli qirg‘izistonlik.
Avvalroq Dushanbeda «Krokus»dagi hujum ishi bo‘yicha ayblanuvchilarning qarindoshlariga nisbatan tergov tadbirlari o‘tkazilayotgani haqida xabar berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar