18:28 / 29.03.2024
62

Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi

Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi
Foto: Getty Images
Kanadadagi to‘rtta yirik maktab kengashlari ijtimoiy tarmoqlar o‘quvchilarning o‘qishiga xalaqit berishini da’vo qilib, dunyodagi eng yirik ijtimoiy media kompaniyalarini sudga berdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Taxminan, 2,9 milliard dollar (4 milliard Kanada dollari) tovon puli talab qilayotgan maktab kengashlari ijtimoiy media platformalari majburiy foydalanish uchun mo‘ljallangani va bolalarning fikrlash, o‘zini tutish hamda o‘rganish usullarini o‘zgartirganini aytgan.

"O‘quvchilar ijtimoiy media mahsulotlaridan faol va majburiy foydalanishi tufayli diqqat, o‘rganish va ruhiy salomatlik inqirozini boshdan kechirmoqda", — deyiladi kengashlar bayonotida.

Da’volar Facebook, Instagram, Snapchat va TikTok platformalariga nisbatan berilgan.

"Bu chalg‘itish, ijtimoiy izolyatsiya, kiberbulling, ruhiy salomatlik muammolariga olib keladi. Biz yoshlarimiz farovonligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rishimiz zarur", — deydi da’vogarlardan biri o‘z bayonotida.

Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Facebook va Instagram kabi platformalar o‘ziga qaram qilishi mumkin va ulardan uzoq muddatli foydalanish asabiylik va depressiyaga olib keladi. 2023 yil may oyida AQSH jarrohi Vivek Merti ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshlarning ruhiy salomatligiga zarar yetkazishi haqida dalillar ortib borayotganini aytgan.

O‘tgan yili AQSHning o‘ttiz uchta shtati Meta kompaniyasini uning mahsulotlari yosh bolalar va o‘smirlar orasida ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishida ayblab sudga bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi