22:08 / 29.03.2024
272

Garvard universiteti kutubxonasida saqlanayotgan kitobning inson terisidan yasalgan muqovasi olib tashlandi

Garvard universiteti kutubxonasida saqlanayotgan kitobning inson terisidan yasalgan muqovasi olib tashlandi
Foto: Google Images
Garvard universiteti kutubxonasi fransuz romantik yozuvchisi Arsen Xyusetning 1879 yilda chop etilgan “Tirik jonlar taqdirlari” kitobining birinchi nashri muqovasidan inson terisini olib tashlaganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, 1934 yildan beri kutubxonada saqlanayotgan kitob nusxasining birinchi egasi parijlik shifokor Lui Bulan bo‘lib, kitob mazmunini hisobga olib, uni inson terisiga o‘rash g‘oyasini ilgari surgan.

Kutubxona inson terisidan yasalgan muqovaga ega kitobga 2014 yildayoq e’tibor qaratgandi. Ammo o‘n yil oldin universitet va kutubxonaning bunga munosabati ijobiy bo‘lgan. O‘shanda topilma “antropodermik bibliopegiyani sevuvchilar, bibliomanyaklar va kanniballar uchun xushxabar” deya ta’riflangan. Kutubxona o‘n yil oldingi bunday ta’rifdan afsusda ekanini bildirdi.

Muqovani olib tashlash to‘g‘risidagi qaror doktor Bulan o‘lgan bemorining terisini shilib olishga uning o‘zidan yoki qarindoshlaridan ruxsat olmagani aniqlangandan keyin qabul qilindi. Ayni paytda universitet kitobga o‘ralgan inson terisini nima qilish bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Garvard universiteti kutubxonasida saqlanayotgan kitobning inson terisidan yasalgan muqovasi olib tashlandi