Foto: TRT Haber
The Wall Street Journal nashri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lganlar orasida Saljuq Bayraktarni tilga oldi.
So‘rovlarga ko‘ra, Saljuq Bayraktar mamlakatdagi eng taniqli jamoat arboblaridan sanaladi.
Nashr kuzatishicha, Bayraktarda Erdo‘g‘onga xos jihatlar bor: o‘z nutqlarida Turkiyaning usmonlilar o‘tmishiga urg‘u beradi, Isroilning G‘azoga bosqiniga javoban hukumat boshchiligidagi ko‘cha namoyishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Foto: TRT Haber
Ma’lumot uchun: Saljuq Bayraktar 1979 yil 7 oktyabrda Istanbulda tug‘ilgan. Otasi — O‘zdemir Bayraktar aviakosmik soha, robototexnika va masofadan boshqariladigan uchuvchi qurilmalar (dronlar) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi «Baykar Makina» kompaniyasi asoschisi. Saljuq Bayraktar mazkur kompaniya egalaridan biri va texnik direktoridir. Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kenja qizi bilan 2016 yilda turmush qurgan.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlar o‘zi uchun so‘nggi saylov bo‘lishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)