Foto: Anadolu Agency
Turkiya 1967 yil chegaralari ichida va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishiga intiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda aytib o‘tdi.
«Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha, Isroil bosib olingan yerlarni qaytarib bermaguncha va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil davlat yaratilmaguncha biz to‘xtamaymiz», dedi Turkiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini bajarish uchun Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda.
«Turkiya davlati xuddi Suriya, Somali va Qorabog‘da bo‘lgani kabi G‘azoda ham imtihondan muvaffaqiyatli o‘tadi», deb ta’kidladi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi