16:26 / 31.03.2024
752

«Tolibon» harakati AQSHga ayblov qo‘ydi

«Tolibon» harakati AQSHga ayblov qo‘ydi
«Tolibon» harakati vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Amerika uchuvchisiz uchoqlari go‘yoki Afg‘oniston havo hududini buzgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu samolyotlar, shubhasiz, AQSHga tegishli», deydi Mujohid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar ba’zi qo‘shni davlatlar hududidan uchmoqda. U tomonlarni bu masalada «o‘z mas’uliyatini anglash»ga va tajovuzni to‘xtatishga chaqirdi.

Harakat vakilining qayd etishicha, qo‘shni davlatlar Afg‘onistonga zarar yetkazish uchun Amerika dronlariga o‘z havo hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo