Foto: Google Images
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari sel bilan bog‘liq vaziyat tufayli aholi punktlaridan 11 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Favqulodda vaziyat zonalaridan jami 11 306 kishi evakuatsiya qilindi, 5 456 kishi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.
Suv yuvib ketgan yo‘llar, ko‘prik va aholi punktlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Transport aloqasi bo‘lmagan aholi punktlari bilan aloqa o‘rnatildi, hokimliklar tomonidan zarur oziq-ovqat va dori-darmon vositalari taqdim qilindi. Favqulodda vaziyatlar zonalarida aholiga tun-u kun yordam ko‘rsatilmoqda. Ishga 2 mingdan ortiq texnika, jumladan, suv nasoslari, qayiqlar va samolyotlar jalb qilingan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda bir qator suv omborlari tranzit rejimida ishlamoqda, faol suv chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Suv toshqinlari oqibatida vayron bo‘lgan uy-joylarni tiklash va qurish uchun hukumat va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zaxiralaridan mablag‘lar ajratiladi.
“Hozirdan tabiiy ofat yetkazgan zarar miqdorini aniqlashni boshlash va jabrlanganlarga zudlik bilan moddiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, kelajakda bunday yirik suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur”, — dedi bosh vazir Oljas Bektenov.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Aqto‘be, Ko‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston, Abay, Ulitau va Aqmola viloyatlarining bir qancha hududlarida keng ko‘lamli suv toshqinlari tufayli favqulodda vaziyatlar e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)