Agar G‘arb davlatlari Ukrainaning qarzlarini uzishdan bosh tortsa, mamlakat 2025 yilda bankrot bo‘lishi mumkin. Bu haqda OAV Jahon banki manbasiga asoslanib yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi hujjat loyihasida Ukraina davlat moliyasining halokatli ahvoli ochiq-oydin bayon etilgan – bunga iqtisodiyotdagi inqiroz va tashqi yordam hajmining qisqarishi sabab bo‘lgan.
Agar 2025 yilda G‘arb kreditorlari Ukraina qarzlarini, jumladan, xususiy kompaniyalar va banklarning qarzlarini hisobdan chiqarishdan bosh tortsa, mamlakat bankrot bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi manba.
Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Ukraina Jahon bankidan kredit doirasida 1,5 milliard dollarlik transh oldi. Bosh vazir Denis Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya qariyb milliard dollar, Buyuk Britaniyadan esa yana 500 million dollar ajratgan. Mablag‘lar Ukrainaning gumanitar va ijtimoiy ehtiyojlari uchun budjet xarajatlariga sarflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi