20:05 / 31.03.2024
541

Dubayda dunyodagi eng baland turar joy binosi quriladi

Dubayda dunyodagi eng baland turar joy binosi quriladi
Dubay Marina hududida dunyodagi eng baland turar joy binosi – Six Sense Residences majmuasi quriladi. Bu haqda Time Out Dubai xabar berdi.

Osmono‘par binoning balandligi 122 qavat bo‘lishi va 2028 yilgacha qurib bitkazilishi kutilmoqda. Loyiha The Palm Jumeirah'da Six Sense mehmonxonasi ochilishidan keyin e’lon qilingan.

Qurilish Dubaydagi Select Group kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi: loyiha doirasida quriladigan 251 ta turar joy Dubayda taqdim etilgan turar joy binolaridan sezilarli farq qiladi.

Loyiha sog‘lom turmush tarzi va inson farovonligiga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu arxitektura va barcha interer detallarida namoyon bo‘ladi.

"Misol uchun, turar joy egalari sensorli trening uskunalari va sog‘lomlashtirish shkafini o‘z ichiga olgan Sleep With Six Sense nomli yotoqxonalarga buyurtma berishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Qulayliklar qatoridan uzoq umr ko‘rish markazi, sport zali, kriyoterapiya xonalari, kristall tovushlari yordamida davolash xonasi va gidroterapiya muolajalari bilan jihozlangan kurort mavjud. Kuzatuv maydonchasida, 109-qavatda 25 metrli basseyn o‘rnatiladi. Majmuada ommaviy dam olish, o‘yin xonasi va kinoteatr bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo