Suriya va Eron ommaviy axborot vositalari Isroil tomonidan Damashq shahridagi Eron konsulligiga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Suriya poytaxtidagi konsullikka berilgan zarba oqibatida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Suriya va Livan kuchlari generali va qo‘mondoni Muhammad Rizo Zohidiy halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib yozdi.
Eron davlat televideniyesiga ko‘ra, hodisa joyida eronlik bir qancha diplomat halok bo‘lgan.
Isroil rasmiylari hodisaga izoh berishdan bosh tortgan. «Biz xorijiy OAV xabarlariga izoh bermaymiz», dedi Isroil harbiy vakili.
Eronning «Tasnim» agentligi Isroilning zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Suriya davlat axborot agentligi SANA bir qancha halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida xabar berdi.
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan so‘ng, Suriya va Eron ushbu harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Isroil Suriyadagi «Hizbulloh» jangarilariga qarshi havo hujumlarini kuchaytirdi. 20 yanvar kuni Damashq tumanlaridan biriga berilgan raketa zarbasi chog‘ida Eronning Suriyadagi razvedka boshqarmasi boshlig‘i va yana to‘rt nafar a’zosi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Eron hujumda Isroilni aybladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi