© Sputnik / Andrey Stenin
Agar kerak bo‘lsa, Rossiya qo‘shinlari Kiyevga yetib borishi mumkin, Ukraina Qurolli kuchlari esa bunga qarshilik ko‘rsata olmaydi, dedi Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor Daniel Davis / Deep Dive YouTube kanalida.
“Ruslar tobora yaqinlashmoqda. Oxir-oqibat ular bir qarorga kelib, daryoni kesib o‘tishlari mumkin. O‘ylashimcha, ular keyinchalik Odessa bilan shug‘ullanishadi, kerak bo‘lsa, keyin to‘g‘ridan to‘g‘ri Kiyevga ketishadi”, - deya taxmin qildi u.
Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari aslida bir necha oy avval mojaroda mag‘lubiyatga uchragan. Shu bilan birga, Makgregor G‘arb qandaydir tarzda Rossiya armiyasining oldinga siljishiga to‘sqinlik qilishi kerak degan fikrni bema’nilik deb atadi.
“Biz buni mart oyining oxirlari – aprel oyi boshida (2022 yil - tahr) shartnomalar tuzish, uning imzolanishiga ko‘maklashish va shu orqali falokatga chek qo‘yish orqali to‘xtatishimiz mumkin edi. Biz buni davom ettirish uchun hamma narsani qildik va faqat yomonlashtirdik”, - deya xulosa qildi sobiq harbiy.
O‘tgan hafta Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu idora hay’atida nutq so‘zladi. Unga ko‘ra, yil boshidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari 71 mingdan ortiq odam va 11 ming texnika yo‘qotgan. Ukraina armiyasining yo‘qotishlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p, dedi Shoygu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi