
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartiruvchi qonunni imzoladi. Ushbu chora Ukraina Oliy Radasi tomonidan 2023 yilning may oyida tasdiqlangan. Qonun Ukraina parlamenti veb-saytida e’lon qilindi.
2023 yilda Ukraina Mudofaa vazirligi safarbarlik yoshi chegarasini pasaytirish tashabbusi bilan chiqqandi. Vazirlikning ta’kidlashicha, mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan bo‘lsa-da, 27 yoshga to‘lmagan muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish zarurati yo‘q, har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qo‘shimcha mablag‘ va moliyaviy xarajatlarga olib keladi.
7 fevral kuni Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonunda elektron chaqiruvni joriy qilish, xizmatdan bo‘yin tovlaganlarga avtomobil haydashni taqiqlash va bank hisob-raqamini blokirovka qilish kabi choralar belgilangan.
Ikkinchi o‘qishga qadar tashabbusga 4 mingdan ortiq tuzatishlar kiritildi. Qonun loyihasining dastlabki versiyasi inson huquqlarini buzuvchi moddalar tufayli parlament tomonidan rad etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing