Foto: The Moscow Times
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ukraina armiyasi safiga qo‘shilishni niyat qilgan sobiq Isroil mudofaa kuchlari askarini hibsga oldi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hibsga olingan shaxs ustida tekshiruv o‘tkazilgan. So‘ngra u deportatsiya qilingan.
“Sobiq Isroil mudofaa kuchlari askari, 1960 yilda tug‘ilgan Yuval Lanzman Krasnodar o‘lkasida qo‘lga olindi. Mahbus Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilish niyatida bo‘lgan”, — deyiladi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xabarida.
Xabarga ko‘ra, Lanzman o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Rossiyada taqiqlangan Ukraina terrorchi tashkilotlariga yuborgan. Maxfiy yo‘llar bilan Ukrainaga ketishga uringan.
Huquqni muhofaza qilish idorasi xabariga ko‘ra, Yuval Lanzman o‘z harakatlari noqonuniy ekanligi va keyinchalik Rossiyaga qaytish huquqisiz Isroilga deportatsiya qilingani haqida “rasmiy ogohlantirish” olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi