Nyu-Yorkda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, bu so‘nggi 40 yildagi eng kuchlisidir.
Juma kuni ertalab AQSHning sharqiy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan 4,8 magnitudali zilzila Nyu-York va uning atrofida sezildi.
Zilzila epitsentri Nyu-Jersi shtatining Livan shahrida, Nyu-Yorkdan 64 km g‘arbda joylashgan.
Nyu-York va uning atrofidagi hududlarga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan, hozirda shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi oqibatlarini baholamoqda.
Amerikaning sharqiy qirg‘og‘ida zilzilalar kam uchraydi va bu hudud uchun so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchlisi bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari zilzila Filadelfiyadan Nyu-Yorkgacha va qirg‘oq bo‘ylab sharqda sezilganini xabar qilishdi.
O‘tgan yili Nyu-Yorkning Buffalo shahrida 6 fevral kuni 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan, biroq bu hududda 40 yildan beri bu darajada kuchli zilzila bo‘lmagan.
1983 yilda Nyu-York shtatidagi Nyukombda 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi