date
views 103

Davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

Davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Global Partners Governance (GPG) nodavlat notijorat tashkiloti direktori Mett Karter bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, GPG strategik tahlil va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat boshqaruvini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tadqiqotlar va nashrlar, onlayn kurslar va treninglar xizmatini ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

"GPG va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘rtasida 2021-2022 yillarda bir qator loyihalar amalga oshirilgan. O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdormiz", dedi Mett Karter.

Uchrashuv yakunida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari hamda respublika davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari va stajirovkalarini tashkil etish masalasi o‘rganib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi