
Isroilning zarbasi natijasida eronlik yuqori martabali generallar halok bo‘ldi, shundan so‘ng Vashington Tehronni voqeadan AQSHga hujum qilish uchun bahona sifatida foydalanishdan ogohlantirdi, deb yozadi Politico. Armiyalar jangovar shay holatga keltirildi.
Qo‘shma Shtatlar Eronni Isroilning Damashqqa zarbasini AQSH obyektlari yoki qo‘shinlariga hujum qilish uchun bahona sifatida ishlatmaslik haqida ogohlantirdi.
«Bu ish ortida biz turmaganimizni aniq aytdik. Shuningdek, biz Eronni ushbu zarbani AQSH obyektlari yoki xodimlariga hujum qilish uchun bahona sifatida ishlatmaslik haqida ogohlantirdik», — deydi AQSH hukumatidagi manba.
Damashqqa hujum 1 aprel kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan. Natijada ikki general va yana besh zobit halok bo‘ldi.
Eron Isroilning hujumiga «tez, to‘g‘ridan to‘g‘ri va qat’iy» javob beradi, degandi mamlakatning Damashqdagi elchisi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ham Isroilning hujumini keskin qoralab chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar