Illustrativ foto
Bugun, 8 aprel sanasida Shimoliy Amerikada quyoshning to‘liq tutilishi kuzatiladi. Uni Meksika, AQSH va Kanadada kuzatish mumkin.
Hodisa Tinch okeanida boshlanadi, uni birinchi bo‘lib Kuk orollari tarkibiga kiruvchi Penrin atollida yashovchilar ko‘ra olishadi.
So‘ngra Quyoshni to‘suvchi Oy soyasi 2500 km/soatdan yuqoriroq tezlikda okean bo‘ylab o‘tib, mahalliy vaqt bilan soat 11:07 (Grinvich bo‘yicha 18:07) Meksika sohillariga yetib boradi, 20 daqiqadan so‘ng Meksika va AQSH chegarasini kesib o‘tadi, yana bir necha soatdan so‘ng, butun qit’ani kesib o‘tib, Atlantika okeaniga o‘tib ketadi.
Quyoshning keyingi halqali (to‘liq bo‘lmagan) tutilishi shu yilning 2 oktyabrida Janubiy Amerikada kuzatiladi. Uni, shuningdek, qisman Shimoliy Amerikada, Tinch okeani va Atlantikada kuzatish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi