Foto: The New York Times
“Tolibon” aloqa vaziri vazifasini bajaruvchi Najibulloh Haqqoniy Afg‘onistonda Facebook bloklanishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
“Tolibon” rasmiysi vazirlik tomonidan mazkur ijtimoiy tarmoqni blokirovka qilish rejasini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi.
"Qarorga afg‘on yoshlarining aksariyati o‘qimaganligi va rivojlanish o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazib, mamlakatga zarar yetkazayotgani sabab bo‘lgan", — deydi Najibulloh Haqqoniy.
Shuningdek, u sobiq hukumat davrida ham, aslida Afg‘onistonning katta qismi haqiqatda “Tolibon” tomonidan nazorat qilingani, telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari ularga o‘z obyektlari xavfsizligi uchun pul to‘laganini ta’kidladi.
Afg‘onistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘i va Player Unknown Battlegrounds (PUBG) onlayn kompyuter o‘yini allaqachon taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi