Foto: RFI
Salvador prezidenti Nayib Bukele yuqori malakali xorijiy ishchilarga 5000 ta bepul pasport taqdim etishini ma’lum qildi. Bu raqam mamlakatdagi pasport dasturi bo‘yicha 5 milliard dollarga teng. Bu haqda Bukele o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
"Biz xorijdan kelgan yuqori malakali olim, muhandis, shifokor, rassom va faylasuflarga 5000 ta bepul pasport (pasport dasturimizda 5 milliard dollarga teng) taklif qilmoqdamiz. Bu aholimizning 0,1 foizdan kamrog‘ini tashkil etadi. Shuning uchun ularga to‘liq fuqarolik maqomi, jumladan, ovoz berish huquqini taqdim etish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Ularning soni oz bo‘lishiga qaramay, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatadi", — deydi Salvador prezidenti.
Shuningdek, Nayib Bukele xorijlik malakali mutaxassislarning ko‘chib o‘tishida mol-mulk solig‘i olinmasligini ta’kidladi.
"Bundan tashqari, biz ularning ko‘chib o‘tishida, jumladan, oilalari va mol-mulkini ko‘chirishda soliq va tariflarning nolga tengligini ta’minlaymiz. Bu apparat, dasturiy ta’minot va intellektual mulk kabi tijorat qiymatiga ega bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oladi. Batafsil ma’lumot uchun bizni kuzatib boring", — deya qo‘shimcha qildi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi